Ertalab yozing, kechgacha hal bo‘ladi.
Bir-ikki gap yozasiz, ustalar narxini aytib taklif yuboradi. Kim kelishini o‘zingiz tanlaysiz.
- 08:40
Kran oqyapti.
Tanishlarga qo‘ng‘iroq qilib o‘tirmaysiz. Kunwork’ni ochasiz.
- 08:42
Ikki daqiqada e’lon.
Nima buzilganini yozasiz, surat qo‘shasiz, qachon kelish kerakligini belgilaysiz.
- 09:10
Uchta taklif keldi.
Har birida narx, vaqt, baho va oldingi ishlar. Solishtirib, birini tanlaysiz.
- 13:45
Usta yo‘lga chiqdi.
Hamma kelishuv chatda. Raqamingizni berish shart emas.
- 15:10
Ish bitdi.
Pulni ustaga o‘zingiz berasiz, keyin ishiga baho qo‘yasiz.





Kunwork’ga hech narsa to‘lamaysiz.
Pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri ustaga boradi. Ilova o‘rtada turmaydi.
- Ish narxi, kelishilgan
- 160 000 so‘m
- E’lon berish
- 0 so‘m
- Kunwork ulushi
- 0 so‘m
Kimni chaqirayotganingizni bilasiz.
Har bir taklifda shu narsalar bor. Ustani tanlashdan oldin ko‘rasiz.

MyID belgisi
Usta shaxsini MyID orqali tasdiqlagan.
Baho va sharhlar
Faqat bajarilgan ishlar uchun qo‘yilgan.
Narx va vaqt
Usta oldindan aytadi, ish boshlanmasdan kelishasiz.
Ustaning izohi
Kran o‘zida bormi, qancha vaqt ketadi, shu yerda yozadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
E’lon berish pullikmi?
Yo‘q, bepul. Kunwork sizdan pul olmaydi.
Narx qimmat bo‘lsa-chi?
Takliflarni solishtirib, mosini tanlaysiz. Hech biri yoqmasa, hech kimni tanlamaysiz.
Pulni qachon beraman?
Ish tugab, uni qabul qilganingizdan keyin. Naqd yoki kelishganingizdek.
Usta kelmasa nima bo‘ladi?
Avval chatda yozing. Javob bo‘lmasa, buyurtmadagi “Muammo” tugmasini bosing, yordam beramiz.
Buyurtmani bekor qilsam bo‘ladimi?
Ha, “Mening buyurtmalarim” bo‘limidan. Usta tanlangan bo‘lsa, chatda unga ham ayting.
Manzilimni kim ko‘radi?
Faqat siz tanlagan usta. Qolganlar tuman nomi va taxminiy hududni ko‘radi.
Bugun hal qilamiz.
Kunwork’ni yuklab oling va birinchi ishingizni yozing.
Kompyuterdan kirdingizmi? QR-kodni telefon kamerasi bilan skanerlang.
- iPhoneApp Store
- AndroidGoogle Play